Mirziyoyev ShHT sammiti doirasida XXR raisi Si Szinpin bilan uchrashadi

Xitoyning Sindao shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHT sammiti hisob bo‘yicha 18 bor o‘tkazilmoqda. Sammitning oliy darajadagi mehmonlari sharafiga tantanali qabul marosimi hamda chiroqlar shousi o‘tkaziladi
Sputnik

TOShKENT, 29-may — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin 9-10 iyun kunlari Sindaoda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammiti doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi.

Bu haqda 29-may kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan brifing davomida XXRning O‘zbekistondagi elchisi Szan Yan xonim ma’lum qildi.

ShHT sammiti: port-shahar Sindaoda nimalar bo‘lishi kutilmoqda?

Elchining aytishicha, oliy darajada bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda tashkilotga a’zo sakkiz mamlakat yetakchilari to‘planishadi. Bular Rossiya, Xitoy, Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Hindiston va Pokiston rahbarlari. Shuningdek sammitda kuzatuvchi-mamlakatlar maqomiga ega to‘rt davlat rahbarlari, BMT va xalqato tashkilotlar vakillari ishtiroki kutilmoqda.

"Sindao — yelkanlar shahri, deb ataladi. Bu yerdan ShHT yangi manzilga yo‘l olishini va yangi davrda yangi kelishuvlarga erishishni rejalashtirmoqdamiz", — dedi elchi.

Xitoyning Sindao shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHT sammiti hisob bo‘yicha 18 bor o‘tkazilmoqda. Sammitning oliy darajadagi mehmonlari sharafiga tantanali qabul marosimi hamda chiroqlar shousi o‘tkaziladi.