Iyundan Toshkent-Nyu-York yo‘nalishi uchun aviabiletlar arzonlashadi

Bir tomonga parvoz qilish narxi 430 EUR (4 037 924 so‘m), borish-qaytish 829 EUR (7 788 863 so‘m)ni tashkil etadi.
Sputnik

TOShKENT, 29-may – Sputnik. “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi 3-iyundan 8-sentabrga qadar Toshkent-Nyu-York-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ekonom klass uchun minimal tariflarni  pasaytiradi. Bu haqda MAK matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, bir tomonga parvoz qilish narxi 430 EUR (4 037 924 so‘m), borish-qaytish 829 EUR (7 788 863 so‘m)ni tashkil etadi.

Aviachiptalar uchun to‘lov sotib olinayotgan kundagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha so‘mda amalga oshiriladi.