Gubernator kubogi: Hasanboy Do‘smatov rossiyalik raqibini yengib finalga chiqdi

Unga yarim finalda rossiyalik bokschi Umed Bobojonov raqiblik qildi.
Sputnik

TOShKENT, 29-may – Sputnik. Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha gubernator kubogida o‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatov finalga chiqdi.

Gubernator kubogi: Bugun o‘zbekistonlik 10 bokschi final yo‘llanmasi uchun ringga chiqadi

Unga yarim finalda rossiyalik bokschi Umed Bobojonov raqiblik qildi.

Hasanboy butun jang davomida to‘liq ustunlik qildi va raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Zalda muxlislar o‘zbekistonlik bokschilarni shu darajada qo‘llab-quvvatlashmoqdaki, go‘yoki musobaqa O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgandek taassurot uyg‘onadi.

Eslatib o‘tamiz, bugun shuningdek yana to‘qqiz nafar o‘zbekistonlik bokschi final yo‘llanmasi uchun jang o‘tkazadi.