Shvetsiya politsiyasi terrorizmni moliyalashtirishda gumonlanuvchi shaxsni hibsga oldi

Shu yil 3-may kunidan huddi shu ish bo‘yicha 3 nafar shaxs hisbda saqlanmoqda. Ulardan ikki nafari – O‘zbekiston fuqarolari – ular terrorchilik jinoyatini sodir etishga tayyorgarlik ko‘rishda gumonlanmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 28-may — Sputnik. Shvetsiya politsiyasi dushanba kuni terrorchilik faoliyatini moliyalashtirishda gumonlanayotgan shaxsni qo‘lga olishdi.

Afg‘oniston shimolidagi 20 ming nafar jangarilar tufayli ODKBga tahdid kuchaymoqda

Bu haqda RIA Novosti Shvetsiya poliyatsiyasi SEPO (SÄPO) ma’lumotlariga tayangan holda xabar qildi.

Hibsga olingan shaxs o‘ta jiddiy jinoyatni moliyalashtirishda gumonlanmoqda.

Matbuot uchun xabarda shu yil 3-may kunidan aynan shu ish bo‘yicha 3 nafar shaxs hisbda saqlanmoqda. Ulardan ikki nafari O‘zbekiston fuqarosi – terrorchilik jinoyati tayyorlashda gumonlanmoqda, uchinchi shaxs esa – Qirg‘iziston fuqarosi – terrorchilik faoliyatini moliyalashtirishda gumonlanmoqda.

Xavfsizlik politsiyasi may oyi boshida hisbga olingan shaxslar ustidan kuzatuvni boshlashgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatni sodir etishga tayyorgarlik bir oz vaqt bo‘lgan, ammo yaqin vaqtda uni amalga oshirishni rejalashtiruvchi hech qanday alomatlar yo‘q.