IIBB: Eski pasportlar amal qilishi 1-iyuldan to‘xtatiladi

Ushbu yilning 1-iyulidan boshlab eski pasportdan foydalangan fuqarolar ma’muriy javobgarlikka tortiladi - IIBB.
Sputnik

TOShKENT, 27-may — Sputnik. Toshkent shahar IIBB ushbu yilning 1-iyulidan boshlab eski turdagi biometrik bo‘lmagan pasportlarning amal qilishi to‘xtatilishini yana bir esga soldi.

"Toshkent shahar IIBB 2018-yil 1-iyuldan biometrik bo‘lmagan fuqarolik pasportlarining amal qilmasligi hamda buning uchun ma’muriy javobgarlik belgilanganligini ma’lum qiladi. Sizdan o‘z vaqtida pasportlaringizni almashtirishni so‘raymiz", — deyilgan xabarda.

Shuningdek, fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida, Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va uning tuman bo‘limlari 26-maydan e’tiboran soat 08:00 dan xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.