Bosh vazir o‘rinbosarlaridan biri lavozimidan ozod etildi

Bu borada tegishli farmon prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan.
Sputnik

TOShKENT, 25-may – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari - Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksining rahbari Qahramon Valiyevich Akmalov o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, bu borada tegishli farmon prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan.

Ma’lumot uchun, Qahramon Akmalov bu lavozimda 2017-yilning noyabr oyidan buyon ishlab kelayotgandi. Bungacha u hisob palatasi raisining o‘rinbosari sifatida ishlagan.