Rossiyalik mutaxassis "O‘zbekiston pochtasi"ga bosh direktor bo‘ldi

Birger Moskva iqtisodiyot institutida dotsent, Jahon iqtisodiyoti va axborotlashtirish institutida ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor bo‘lib ishlagan.
Sputnik

TOShKENT, 25-may — Sputnik. Yevgeniy Vladimirovich Birger "O‘zbekiston pochtasi" AJ bosh direktori etib tayinlandi. Bu haqda jamiyat matbuot xizmati xabar berdi.

"Tezkor pochta" xizmati butun O‘zbekiston bo‘yicha ishga tushdi

Yevgeniy Birger 1960-yilda Moskva viloyatida tug‘ilgan. Rossiya Aloqa vazirligi pochta xizmati departamenti rahbari lavozimida ishlagan.

"O‘zbekiston pochtasi" AJ saytida ma’lum qilinishicha, Birger Moskva iqtisodiyot institutida dotsent, Jahon iqtisodiyoti va axborotlashtirish institutida ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor bo‘lib ishlagan.

2009 yildan pochta aloqasi va infokommunikatsiya yo‘nalishida ekspert-tahlil maslahatchi bo‘lib faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.