Samarqand viloyatida uch oy ichida 91 kishi o‘z joniga qasd qilgan

O‘z joniga qasd qilganlarning 50 nafari vafot etgan
Sputnik

TOShKENT, 24-may - Sputnik. Samarqand viloyatida o‘z joniga qasd qilish holatlari ko‘paydi.

Bu haqda "Zarafshon" gazetasi xabar bermoqda.

Xalq deputatlari viloyat Kengashining 51-sessiyasida Samarqand viloyatida joriy yilning dastlabki uch oyi davomida 91 kishi o‘z joniga qasd qilganligi ma’lum qilindi, deyiladi xabarda.

O‘z joniga qasd qilganlarning 45 nafari ayollar va 46 nafari erkaklar bo‘lgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13 taga ko‘paygan. 

O‘z joniga qasd qilganlarning 50 nafari vafot etgan.