Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonga qishloq xo‘jalik strategiyasini tuzishda yordam beradi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi Strategy Partners Group kompaniyasi bilan birgalikda O‘zbekistonda 2030-yilga qadar qishloq xo‘jaligini rivojlantirish Strategiyasi loyihasini ishlab chiqishi kerak
Sputnik

TOShKENT, 24-may — Sputnik. Rossiyaning Strategy Partners Group konsalting kompaniyasi O‘zbekistonga 2030-yilga qadar mo‘ljallangan qishloq xo‘jalik strategiyasini rivojlantirish loyihasini ishlab chiqishda yordam beradi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Ushbu haqida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ishlab loyiha jamoatchilik muhokamasi uchun YaIDXP portaliga chiqarildi.

Muammo negizi

Hujjatda aytilishiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida mavjud bo‘lgan tarqoq rejalashtirish tizimi va mutasaddi tashkilotlarning o‘zaro hamkorlik mexanizmlarining yo‘qligi - qabul qilinayotgan qarorlar va olinayotgan natijalar uchun javobgarligining yo‘qligiga olib kelmoqda.

Buning natijasida ishlab chiqarish manbaalardan samarasiz foydalanilmoqda. Yangi, resurs tejovchi texnologiyalarni qo‘llash - kechikmoqda.

Yerlardan intensiv ravishda foydalanish, resurslarni ratsional taqsimlash tizimining yo‘qligi natijasida sug‘oriladigan yerlarning 45% sho‘rlab ketgan. Eksportga urg‘u berilmagani tufayli mamlakatda mahsulotni xorijga eksport qilishning samarali tizimi mavud emas. Ayrim mamlakatlarda, himoyachilik siyosati tufayli, O‘zbekiston mahslotlarini olib kirish ta’qiqlangan.

Yirik importerlarning eksport imkoniyatlari ham bir necha sabablarga ko‘ra cheklangan. Xususan, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining tarqoq joylashganligi tufayli, eksport uchun katta miqdorda mahsulot jamlash mushkul. Shuningdek, mamlakatda qo‘shimcha qiymati kam bo‘lgan mahsulotlar ko‘p yetishtiriladi va ularning hosildorligi xorijiy raqobatdoshlarga qaraganda past.

Nimaga intilish kerak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi Strategy Partners Group kompaniyasi bilan birgalikda 2018-yilning 31-dekabriga qadar O‘zbekistonda 2030-yilga qadar qishloq xo‘jaligini rivojlantirish Strategiyasini ishlab chiqishi kerak.  

Yangi Strategiya mahsulot qo‘shimcha qiymatining muqobil o‘sib borishini, eksport hajmining oshishini, eksportni diversifikatsiya qilish, ekologik va oziq-ovqat xavfsizligini, soha samaradorligini oshirishni hamda kelajakda qishloq aholisining o‘rtacha maoshi va hayot darajasining oshishini ta’minlashi kerak.

Ushbu strategiyani amalga oshirish natijasida O‘zbekiston Markaziy Osiyo hududida oziq-ovqat va yengil sanoatda qo‘shimcha qiymati yuqori bo‘lgan mahsulotlar eksport qiluvchi, yetakchi mamlakatlardan biriga aylanishi kerak. Shuningdek, mamlakatda yer suv va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi oshishi kerak.  

Strategy Partners Group — Rossiyaning strategik konsalting (maslahat berish) kompaniyasi. O‘z faoliyatini 1994-yilda boshlagan. Kompaniya mijozlariga intellektual, moddiy va moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish yo‘llarini o‘rgatish va raqobatli kurashda yengib chiqish hamda muntazam o‘sishni ta’minlashda yordam beradi.