TOShKENT, 23-may — Sputnik. Toshkent shahar IIBB yangi turdagi videoregistratorlarni sinovdan o‘tkazmoqda deb xabar qildi, muassasa matbuot xizmati.
“Ushbu zamonaviy moslamaning boshqalaridan farqi shundaki u nafaqat tashqi manzarani balki bir vaqtning o‘zida YPX avtomobili salonining ichini ham tasvirga oladi. Uzluksiz ishlab turuvchi ushbu qurilma kodlangan bo‘lib, YPX xodimining uni o‘chirib yoqishi, tasvirlarni yo‘q qilishi imkonsiz. Bu esa birinchidan, YPX xodimi ishining shaffofligini ta’minlasa, ikkinchidan xizmat majburiyatlari ijrosini nazorat qilish ishlarini osonlashtiradi”, — deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bir necha oy oldin Toshkent shahri YPX xodimlari uchun 2000 mingdan ortiq videokameralar sotib olinishi xabar bergan edik. Ushbu tajriba xorijiy mamlakatlarda juda yaxshi natija ko‘rsatgan. Masalan, Buyuk Britaniyada kameralar joriy qilinganidan so‘ng politsiya ustidan tushadigan jarimalar soni 93%ga kamaygan edi.