Moliya vazirligida “Gazprombank” ekspert guruhi bilan muzokaralar o‘tkazildi

Muzokaralarda O‘zbekistonda moliya bozorining rivojlanishiga qaratilgan hamkorlik va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 23-may – Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, moliya vaziri  Jamshid Qo‘chqorov “Gazprombank” AJ ekspert guruhi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Gazprom" va "O‘zbekneftegaz" innovatsion markaz tashkil etish niyatida

Xabarda aytilishicha, muzokaralarda O‘zbekistonda moliya bozorining rivojlanishiga qaratilgan hamkorlik, loyihalarga asosan moliyalashtirish va bugungi kunda dolzarb bo‘lgan davlat-xusuiy sherikchilikni amalga oshirish, istiqbolli investitsion loyihalarni moliyalashtirishni tashkil etish hamda ijtimoiy sohaning yanada rivojlanishi yo‘lida tajribaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun, “Gazprombank” AJ korporativ obligatsiyalar chiqarishni rasmiylashtirish va tashkil etish, xususiy bank xizmati sohasida aktivlarni boshqarish, korporativ moliyalashtirish hamda investitsion bankingning boshqa sohalarida yetakchilik qilayotgan Rossiyaning ko‘p tomonlama moliyaviy instituti hisoblanadi.