O‘zbekistonga Amnesty International tashkiloti vakillari keldi

Delegatsiya qator idora va vazirliklarda uchrashuvlar o‘tkazadi
Sputnik

TOShKENT, 22-may – Sputnik. 21-may kuni Toshkent shahriga Amnesty International xalqaro nohukumat tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Mari Struters boshchiligidagi delegatsiya keldi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, delegatsiya Bosh prokuratura, Oliy sud, Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Adliya, Oliy va o‘rta ta’lim vazirliklarida uchrashuvlar o‘tkazadi.

Shuningdek,  O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi, Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutida bo‘ladi, Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili bilan uchrashuvlar o‘tkazadi, shuningdek, Toshkent yuridik institutiga tashrif buyuradi.