Turkmanistondagi “Do‘zax darvozasi”da 47-yildan beri olov o‘chmaydi

Xalq orasida “Do‘zax darvozasi” deb nom olgan ulkan gaz kraterida olov 1971-yildan buyon yonib turibdi.
Sputnik

Ushbu ulkan gaz kraterining diametri 60 metr, chuqurligi 20 metrni tashkil qiladi. Krater 1971-yilda aniqlangan va uni tekshirish vaqtida ulkan chuqurlik hosil bo‘lgan.

U yerdan sizib chiqayotgan gaz kishilar yoki uy hayvonlariga zarar yetkazmasligi uchun uni yoqib yuorishga qaror qilingan. Geologlar olov bir necha kun ichida o‘chsa kerak deb o‘ylashgan edi, lekin unday bo‘lmadi. Olov 1971-yildan buyon yonib turibdi.