Toshkent yaqinida ayol kishining bo‘laklab ketilgan jasadi topildi

Janjal vaqtida gumondor go‘zallik saloni xodimasini yuziga kislota sepgan, so‘ngra bo‘yniga pichoq urgan va bolta yordamida tanasini bo‘laklagan
Sputnik

TOShKENT, 22-may — Sputnik. Huquqni muhofaza qilish organlari "Chirchiq" darosi bo‘yida ayol kishining bo‘laklangan va polietilen qoplarga joylangan tana qismlarini aniqladilar, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Toshkentdagi Bo‘zsuv kanalidan ayol kishining jasadi topildi

Tergov ishlari davomida jasad Toshkent shahri Sirg‘ali tumanidagi Abror style go‘zallik salonida ishlagan fuqaro N.M.ga tegishli ekanligi aniqlangan. Ayol 2018-yilning 16-fevralida dom-daraksiz yo‘qolgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, N.M. notanish ayol bilan salondan chiqqan va noma’lum tomonga qarab ketgan.

"Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ma’lum bo‘ldiki, Toshkent shahar Sirg‘ali tumanida ro‘yxatdan o‘tgan fuqaro M.A. janjal davomida N.M.ni o‘ldirgan. G‘azablangan ayol N.M.ning yuziga uksus kislotasini sepgan, ayolning yelkasi va bo‘yniga pichoq urgan, so‘ngra bolta yordamida chavoqlagan", — deb xabar qildi IIV.

Shundan so‘ng ayol tananing asosiy qismini "Chirchiq" darosiga uloqtirgan, tananing qolgan qismlarini esa polietilen qoplarga joylab, daryo qirg‘og‘idagi o‘tlar orasiga tashlab ketgan. Ayni vaqtda M.A huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qo‘lga olingan.