Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasini bajaruvchi tayinlandi

Bu haqdagi buyruqni 21-may kuni Toshkent shahridagi “Minor” jome masjidida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur hazratlari o‘qib eshittirgan.
Sputnik

TOShKENT, 22-may – Sputnik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi mudiri Rahimberdi domla Rahmonov vazifasidan ajralmagan holda Toshkent shahar vakili, Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda diniy idora matbuot xizmati xabar berdi.

“Toshkent shahar bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov hozirda betob bo‘lib turganliklari sababli Ramazon oyida diniy sohada ayni ish hajmining ortishi, ko‘plab tadbirlar va xayrli loyihalarda mas’ullik yuklatilishi munosabati bilan Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasini vaqtincha Ergash domla Rustamov bajarib turgan edi”, - deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, diniy idora Masjidlar bo‘limi mudiri Rahimberdi domla Rahmonov vazifasidan ajralmagan holda Toshkent shahar vakili, Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy Usmonxon Alimovning bu haqdagi buyrug‘ini 21-may kuni Toshkent shahridagi “Minor” jome masjidida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur hazratlari o‘qib eshittirgan.