Nazarboyev Mirziyoyev bilan nima haqda gaplashdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qildi Akorda matbuot-xizmati
Sputnik

TOShKENT, 22-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qildi Akorda matbuot-xizmati.

Suhbat davomida Qozog‘iston va O‘zbekiston prezidentlari ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning samarali faoliyatini muhokama qildilar.

Shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot O‘zbekiston rahbari tashabbusi bilan amalga oshirildi, deyiladi xabarda.