Toshkentda avval to‘sib qo‘yilgan ikkita ko‘cha ochiladi

Bu ikkita ko‘cha Amir Temur xiyoboni yaqinida joylashgan.
Sputnik

TOShKENT, 21-may — Sputnik. Toshkent aholisi va mehmonlari uchun qulaylik yaratish maqsadida Amir Temur xiyobonidan ("Ugolok" kafesi) to Zarafshon ko‘chasigacha va Sharof Rashidov ko‘chasidan to Matbuotchilar ("Poytaxt" savdo majmuasi) ko‘chasi bo‘ylab Amir Temur xiyoboni aylanma yo‘ligacha transport harakati uchun yo‘l ochiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Toshkent ko‘chalaridan birida harakat cheklandi

Bundan avval Toshkentda oldin to‘sib qo‘yilgan ko‘chalar bir necha ko‘chalar birin-ketin ochilgandi. Xususan Sharof Rashidov shoh ko‘chasi va Abdulla Qodiriy va Navoiy shoh ko‘chasi o‘rtasidagi yo‘l hamda Mustaqillik shoh ko‘chasiga tutash bo‘lgan Tamara Xonim ko‘chasi harakatlanish uchun ochilgandi.