Eng yosh vazir o‘rinbosari o‘zining unashtirilgani haqida xabar qildi

Alisher Sadullayev o‘zining unashtirilgani haqida ma’lum qildi. Bo‘lajak turmush o‘rtog‘i haqida hech qanday ma’lumot berilmagan
Sputnik

TOShKENT, 21-may — Sputnik. O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Alisher Sadullayev o‘zining Feysbukdagi sahifasida unashtirilgani haqida post qoldirgan.

Sadullayevning aytishicha, unashtiruv marosimi Arafa kuni, ular safardaligida bo‘lib o‘tgan.

"Yurtimizda tinchlik va rivojlanish davomiy bo‘lsin. Xalqimiz xizmatida bo‘lishlik va alarning ishonchlariga erishish barcha yurtdoshlarimizga nasib etsin. Komil farzandlar tarbiyalab, yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shish barchamizga nasib aylasin! Risoladagidek, namunaviy va super-ixcham to‘y o‘tkazamiz. Shu bahonada #ixcham_tōy trendini ham yo‘lga qo‘yib olamiz. Qani yoshlar shu jabhada ham birlashaylik!", — degan vazir o‘rinbosari.

Feysbuk foydalanuvchilari Sa’dullayevga baxt tilashmoqda.