50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotlar yangilanadi

Senat tasdiqlagan yangi nizomga ko‘ra, 50 va 100 so‘mlik tangalar va 50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotlar muomaladan qaytarib olinadi.
Sputnik

TOShKENT, 21-may – Sputnik. O‘zbekiston Senati, Markaziy bank tomonidan taklif qilingan, kichik nominaldagi tanga va banknotlarini yangi namunadagi pullarga ayrboshlash haqida nizom qabul qilindi, deb xabar qilmoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Yangi qonuniy hujjatga ko‘ra, bugungi kunga qadar muomalada bo‘lgan 50 va 100 so‘mlik tangalar, shuningdek 50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotlar muomaladan qaytarib olinadi. Ularning o‘rniga esa, 2018-yil namunasidagi 50 so‘mlik, 100 so‘mlik, 200 so‘mlik va 500 so‘mlik tangalar muomalaga chiqariladi.

2011 yil namunasidagi qiymati 500 so‘m bo‘lgan tangalar muomalada saqlanib qoladi.

Nizomda aytilishiga ko‘ra, barcha tijorat banklari va ularning filiallari aholi tomonidan topshirilgan eski namunadagi tanga va banknotlarni hech qanday moneliksiz, cheklovlarsiz qabul qilishlari va hech qanday to‘lov yoki vositachilik haqi undirmagan holda, ularni ayirboshlab berishlari shart.

Almashtirish muddati: 10, 100 so‘mlik , eski namunadagi tanga va banknotalar uchun - 2019-yilning 1-iyuligacha, 200 va 500 so‘mlik eski namunadagi banknotlar uchun - 2020-yil 1-iyulgacha, etib belgilandi.