O‘zbekiston – Eron terma jamalari o‘rtoqlik uchrashuvi qanday o‘tdi

Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida O‘zbekiston va Eron terma jamoalari o‘rtasida o‘tgan uchrashuvda Eron 1:0 hisobida g‘olib bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 20-may – Sputnik. Eron va O‘zbekiston terma jamoalari orasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi.

Shanba kuni Tehronda bo‘lib o‘tgan uchrashuv – 1:0 hisobida Eron jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuning yagona goli 17 daqiqada Ruzbex Cheshmi tomonidan urildi.

Eslatib o‘tamiz, Eron terma jamoasi Jahon chempionatida juda kuchli guruhga tushgan. Xususan, Eron Portugaliya, Ispaniya va Marokko jamoalari bilan belashadi.

FIFAning yaqinda e’lon qilingan yangi reytingida Eron 36 o‘ringa ko‘tarilgan, O‘zbekiston esa 88 o‘ringa tushib ketgan edi.