O‘rmon xo‘jaligi yerlarida pista, yong‘oq va loviya yetishtirish mumkin - prezident

Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga bo‘lgan tashrifi davomida o‘rmon xo‘jaliginining bo‘sh turgan yerlarda pista, yong‘oq, loviya kabi mahsulotlar yetishtirish mumkinligi haqida aytib o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 20-may — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida 2018-2019 yillarda o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. 

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga bo‘lgan o‘tgan yilgi tashrifi davomida, O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutining Andijon filialini tashkil etish bo‘yicha topshiriq bergan edi.

Shavkat Mirziyoyev v Andijanskom filiale Nauchno-issledovatelskogo instituta lesnogo xozaystva.

Ayni damda ushbu filial tashkil etilgan va ilmiy xodimlar tomonidan viloyatda o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha qator loyihalar ishlab chiqilgan.

Xususan, 2016  yilda o‘rmon xo‘jaligi yerlarining 8 gektarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lsa, joriy va kelgusi yilda bu ko‘lam 830 gektarga yetkaziladi. Adir va tog‘oldi hududlarida ko‘plab doimiy va mavsumiy ish o‘rinlari yaratiladi. 

"O‘rmon xo‘jaligi yerlarida foydalanilmayotgan imkoniyat ko‘p. Masalan, pista, yong‘oq, no‘xot, loviya kabi xaridorgir mahsulotlar, za’faron, na’matak va boshqa dorivor o‘simliklardan qancha daromad olsa bo‘ladi! Asal yetishtirish ham mumkin. Faqat ilm, izlanish, harakat kerak. Vaqti kelib, o‘rmon xo‘jaligi alohida yirik sohaga aylanishi zarur", — dedi Prezident.

Viloyatda baliqchilikni rivojlantirish masalasiga ham e’tibor qaratildi. Joriy yilda 11 tumanda yangi hovuzlar barpo etish, aholi tomorqalari hamda sholi maydonida Xitoy va Vyetnam texnologiyasi asosida baliq yetishtirish rejalashtirilgani qayd etildi.

Plan po sozdaniyu orexovqx plantatsiy v Andijanskiy oblasti