Grozniy cherkovida qurbon bo‘lgan kishi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqdi

Kecha Grozniy shahridagi cherkovga uyushtirilgan hujum oqibatida uch kishi qurbon bo‘lgan edi. Ulardan biri O‘zbekiston fuqarosi ekani ma’lum bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 20-may – Sputnik. Checheniston poytaxti Grozniyda 19-may kuni jangarilarning Arxangel Mixail cherkoviga hujumi oqibatida uch kishi qurbon bo‘lgani haqida oldin xabar bergan edik.

Grozniyda jangarilar cherkovga hujum qildi

Bugun, qurbonlarning biri O‘zbekiston fuqarosi ekani ma’lum bo‘ldi. Buni RIA Novosti, Maxachkala va Grozniy cherkovlari arxiyepiskopiga asosan xabar qildi.

“Bu Artemiy, u O‘zbekistondan bu yerga qarindoshlarini izlab kelgan edi. Bu yerda uning qarindoshlari yo‘q, uni dafn etish bilan o‘zimiz shug‘ullanamiz”, — degan arxiyepiskop jurnalistlarga.  

Eslatib o‘tamiz, 19-may kuni to‘rt nafar jangari fuqarolarni garovga olish maqsadida cherkovga bostirib kirgan. O‘tkazilgan tezkor operatsiya natijasida jangarilarning barchasi yo‘q qilingan edi. Afsuski, maxsus operatsi vaqtida ikki nafar politsiyachi va bir fuqaro ham og‘ir jarohat olib qurbon bo‘lishgan.