Grozniyda jangarilar cherkovga hujum qildi

Grozniy shahrida jangarilarning cherkovga qilgan hujumida 2 nafar politsiya xodimi va bir fuqaro qurbon bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 20-may — Sputnik. Checheniston poytaxtida navbatdagi fojea yuz berdi. Jangarilarning cherkovga hujum qlishi oqibatida 2 nafar politsiya xodimi va bir fuqaro qurbon bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov jurnalistlarga xabar berishiga ko‘ra, 19-may kuni to‘rt nafar jangarilar Grozniydagi "Mixail Arxangel" cherkoviga bostirib kiradi. Ularning maqsadi cherkovga kelgan fuqarolarni garovga olish bo‘ladi. Tezkor o‘tkazilgan operatsiya natijasida to‘rt nafar jangari yo‘q qilindi. To‘qnashuvda ikki nafar politsiya xodimi bir bir fuqaro qurbon bo‘ldi.

Ayni damda, voqea joyida operativ tadbirlar va tergov ishlari o‘tkazilmoqda.

Boyeviki popitalis zaxvatit zalojnikov v serkvi v Groznom