Aql yoshdamas, boshda: yoshi 60ni qoralagan kishi "Andijon"-"Toshkent" poyezdiga tosh otdi

Avvalroq "Samarqand-Zarafshon" temir yo‘l bekatlari oralig‘ida "Afrosiyob" tezurar poyezdining vagon oynasiga 5-sinf o‘quvchisi tosh otgandi.
Sputnik

TOShKENT, 19-may — Sputnik. 18 may kuni noma’lum shaxs Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida "Marg‘ilon-Oltiariq" temir yo‘l bekatlari oralig‘ida "Andijon-Toshkent" yo‘nalishida qatnovchi yo‘lovchi poyezdining oynasiga tosh otgan. Natijada vagon oynasi darz ketgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida yo‘lovchi poyezdi oynasiga Yangi hayot MFYda yashovchi 57 yoshli X.D. tosh otganligi aniqlanib ushlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Samarqand-Zarafshon" temir yo‘l bekatlari oralig‘ida "Afrosiyob" tezurar poyezdining vagon oynasiga 5-sinf o‘quvchisi tosh otganligi haqida xabar berilgandi.