Prezidentning Andijon viloyatiga tashrifi boshlandi

Tashrif davomida to‘qimachilik, pillachilik, farmatsevtika, agrosanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish, istiqbolli loyihalarni muhokama qilish, viloyat faollari va mutasaddilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazish rejalashtirilgan
Sputnik

TOShKENT, 19-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida 19-may kuni Andijon viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Avvalroq prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov tashrif davomida to‘qimachilik, pillachilik, farmatsevtika, agrosanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish, istiqbolli loyihalarni muhokama qilish, viloyat faollari va mutasaddilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazish rejalashtirilganini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-17 may kunlari AQShda rasmiy tashrif bilan bo‘lgandi.