TOShKENT, 19-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-may kuni Andijon viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov o‘zining Facebookdagi sahifasida xabar berdi.
"Tashrif davomida to‘qimachilik, pillachilik, farmatsevtika, agrosanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish, istiqbolli loyihalarni muhokama qilish, viloyat faollari va mutasaddilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazish rejalashtirilgan", deb yozdi Allamjonov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-17 may kunlari AQShda rasmiy tashrif bilan bo‘lgandi.