Termiz shahriga avia qatnovlar soni ko‘paytiriladi

"O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK Termiz shahriga avia qatnovlar sonini ko‘paytiradi. Parvozlar Boing-757 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Sputnik

TOShKENT, 18-may — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK 2018-yil 2-iyunidan boshlab, Termiz-Moskva-Termiz yo‘nalishida ikkinchi muntazam qatnovni yo‘lga qo‘yadi, deb xabar qildi milliy aviakompaniya matbuot xizmati.

Samarqandga yo‘l olgan samolyot favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi

Termizdan seshanba kunlari 12:50 uchib Moskvada soat 15:20 da qo‘nadi. Moskvadan seshanba kunlari soat 16:50 da uchib, Termizda 23:05da qo‘nadi. Parvozlar seshanba kunlari Boing-757 zamonaviy, qulay samolyotlarida amalga oshiriladi.

Shuningdek, 2018-yil 29-mayidan boshlab, Toshkent-Termiz-Toshkent yo‘nalishida qatnovlar sonini haftasiga 3 tadan 4 tagacha oshirmoqda. To‘rtinchi muntazam qatnov Boing —757 zamonaviy samolyotlarida amalga oshiriladi.

Seshanba kuni samolyot Toshkentdan soat 10:35 da uchib, Termizda 11:50 da qo‘nadi. Chorshanba kuni Termezdan soat 00:05 da uchib, Toshkentda soat 01:20 da qo‘nadi.