"Chorvoq" erkin turistik zonasi bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan "Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi tashkil etildi.
Sputnik

TOShKENT, 18-may — Sputnik. "Chorvoq" erkin turistik zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi, deb xabar qildi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali.

Mirziyoyev: Alisher Usmonov Namanganning turistik salohiyatini yuksaltirishga yordam beradi

Ushbu qaror bilan "Chorvoq" erkin turistik zonasi chegaralari, erkin turistik zonani yanada rivojlantirish konsepsiyasi, nizomi, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi tasdiqlanib, "Chorvoq" erkin turistik zonasi direksiyasi" tashkil etildi.

Eslatib o‘tamiz, "Chorvoq" erkin turistik zonasi Toshkent viloyatining turizm salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish, zamonaviy investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali aholining dam olishi va turizmi uchun sharoitlarni yaxshilash, turizm xizmatlari sohasida yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligi hamda farovonligini oshirish maqsadida 2017-yil 5-dekabrdagi prezident farmoniga asosan tashkil etilgan.