Prezident Vashingtondan Toshkentga keldi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 15-17 may kunlari ilk rasmiy tashrif bilan AQShda bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 18-may — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlariga rasmiy tashrifi yakunlandi.

Donald Tramp kuchli va mustaqil Markaziy Osiyoning muhimligini qayd etdi

"Davlatimiz rahbari 18-may kuni Toshkentga yetib keldi. Avvaldanoq tarixiy deb baholangan ushbu tashrif haqiqatan ham g‘oyat samarali bo‘ldi. Uning natijalari uzoq yillar xalqimiz manfaatlariga xizmat qiladi", — deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 15-17 may kunlari ilk rasmiy tashrif bilan AQShda bo‘ldi.

Tashrif davomida O‘zbekiston va AQSh kompaniyalari o‘rtasida 20 dan ortiq yirik shartnomalar imzolandi.