O‘zbekistonning qator viloyatlarida 22-maygacha sel kelish xavfi mavjud

Xabar qilinishicha, ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutiladi, ayrim joylarida yomg‘ir kuchli yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 18-may — Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi O‘zbekistonda sel kelish xavfidan ogohlantirdi.

"18 maydan 22-may kunigacha Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarining tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud", — deyiladi xabarda.

Xabar qilinishicha, ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutiladi, ayrim joylarida yomg‘ir kuchli yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

FVV tog‘ va tog‘oldi hududlarida yashovchi aholini ehtiyot choralarini ko‘rishga hamda avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda, (+99871) 147-10-50 "tezkor raqam"iga murojaat etishini so‘ragan.