Samarqandda “Afrosiyob” poyezdiga tosh otgan shaxsning kimligi ma’lum bo‘ldi

“Samarqand-Zarafshon” temir yo‘l bekatlari oralig‘ida “Afrosiyob” tezurar poyezdining vagon oynasiga tosh otilishi natijasida vagon oynasi darz ketgan.
Sputnik

TOShKENT, 17-may – Sputnik. “Qarshi-Samarqand-Toshkent” yo‘nalishida qatnovchi “Afrosiyob” tezurar poyezdining vagon oynasiga tosh otgan shaxsning kimligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 15-may kuni “Samarqand-Zarafshon” temir yo‘l bekatlari oralig‘ida “Afrosiyob” tezurar poyezdining vagon oynasiga tosh otilishi natijasida vagon oynasi darz ketgan.

Xabarda aytilishicha, olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida tezurar poyezd oynasiga Samarqand shahridagi 37- o‘rta maktabning 5-sinf o‘quvchisi tosh otganligi aniqlangan.

U va onasi bilan tushuntirish ishlari olib borilgan.