Qashqadaryoda kuchli sel kelishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

Fojia Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida sodir bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 17-may — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida kuchli sel kelishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, deb xabar qildi FVV matbuot xizmati.

"Joriy yil 16-may kuni Qashqadaryo viloyati FVV boshqarmasidan olingan ma’lumotlarga asosan, shu kuni soat 6-30 da Chiroqchi tumani, "Mirzato‘q" MFY va "Sariqqamish" qishlog‘ida kuchli yomg‘ir natijasida sel oqimi yuzaga kelgan. Favqulodda vaziyat natijasida 5 nafar kishi halok bo‘ldi", — deyilgan xabarda.

Bundan avval FVV tomonidan 12-17 may kunlari respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi haqida ogohlantirilgandi.