Oq uyda Shavkat Mirziyoyev va Donald Tramp uchrashuvi qanday o‘tdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-may kuni Oq uyda Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi.
Sputnik

Tramp Mirziyoyevni rasmiy tashrif bilan qutlab, O‘zbekiston AQSh uchun muhim davlat, strategik sherik ekanini qayd etdi.

"O‘zbekistonning obro‘-e’tibori oshib bormoqda. Siz bilan Oq uyda uchrashish biz uchun sharaf", - dedi AQSh prezidenti.

Shavkat Mirziyoyev taklif uchun minnatdorlik bildirib, AQSh O‘zbekistonni izchil qo‘llab-quvvatlab kelayotganini ta’kidladi.