"GM Uzbekistan" avtomashina butlovchi qismlariga oid ko‘rgazma zalini ochdi

Ko‘rgazmada GM Uzbekistan avtomobillarining barcha modellari uchun butlovchi qismlar havola etiladi.
Sputnik

TOShKENT, 17-may — Sputnik. Bugun, 17-may kuni GM Uzbekistan AJning muntazam faoliyat yurituvchi ko‘rgazma zali o‘z ishini boshladi. Bu haqda GM Uzbekistan AJ matbuot xizmati xabar qildi.

Ko‘rgazma Andijon shahri Savdo-sanoat palatasi binosida tashkil etilgan.

Ko‘rgazmada kompaniya ishlab chiqaradigan avtomobillarning barcha modellari uchun import qilinuvchi butlovchi qismlar namoyish etiladi. Shuningdek, ko‘rgazma zalida mutaxassislardan tavsiyalar olish mumkin.