Donald Tramp kuchli va mustaqil Markaziy Osiyoning muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida 2002-yilda imzolangan strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyaga yangicha sur’at bag‘ishlash maqsadida ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga kelishib olindi.
Sputnik

TOShKENT, 17-may — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp O‘zbekistonning mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va suverenitetiga qat’iy sodiqligini ta’kidladi. Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga asosan.

Shavkat Mirziyoyev Izro Malakovga "O‘zbekiston xalq artisti" unvonini topshirdi

Shuningdek, u Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda muhim siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishda erishilayotgan ulkan yutuqlarni e’tirof etdi.

Prezidentlar keng jabhadagi o‘zaro ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida 2002-yilda imzolangan strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyaga yangicha sur’at bag‘ishlash maqsadida ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga kelishib oldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda islohotlarni amalga oshirishda erishilayotgan progress orqaga qaytmaslik xususiyatiga ega ekanligini ta’kidladi. U davlat organlari xalq manfaatlarini hamma narsadan ustun qo‘yishlari lozimligini qayd etdi.

O‘zbekistonning besh yilga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish, iqtisodiyotni liberallashtirish, ijtimoy sohani rivojlantirish hamda ochiq va konstruktiv tashqi siyosat olib borishga xizmat qilishini ta’kidladi.

"Prezident Donald Tramp terrorizmga qarshi kurashishda Qo‘shma Shtatlarning O‘zbekiston bilan azaliy sherikligini qayd etib o‘tdi. 2001-yil 11-sentabrdagi mudhish voqealardan so‘ng O‘zbekiston AQShga o‘ta muhim logistik imkoniyatni taqdim etganligi hamda "Al-Qoida" terrorchilarini Afg‘onistondan siqib chiqarishda ko‘mak ko‘rsatganligini ta’kidladi", — deyilgan TIV xabarida.

Shavkat Mirziyoyev tashrif davomida AQSh prezidentining Janubiy Osiyo bo‘yicha strategiyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi. Muloqot chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, mas’uliyatni taqsimlash va mintaqaviy xavfsizlik masalalarini hal etish, shu jumladan, Afg‘onistonda barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston tashabbuslari muhokama etildi.

Donald Tramp kuchli va mustaqil Markaziy Osiyoning muhimligini qayd etdi hamda Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil noyabrda Samarqandda bo‘lib o‘tgan konferensiyada ilgari surgan Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlarining hamkorlik muloqoti yig‘ilishini o‘tkazish bo‘yicha sa’y-harakatlarini mamnuniyat bilan qarshi oldi.

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha muhim shartnomalar imzolandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil mart oyida Qozog‘istonning Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etganligi, bu mintaqalararo savdoni rivojlantirish va xavfsizlikka oid tahdidlar bo‘yicha birgalikdagi yondashuvlarni ishlab chiqish uchun yangi imkoniyatlar ochib berganligi qayd etildi. Donald Tramp ushbu muhim muloqotda O‘zbekiston asosiy rol o‘ynashini e’tirof etdi hamda Qo‘shma Shtatlar "S5+1" mintaqaviy formati orqali hamkorlik va taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Prezidentlar Afg‘onistonning Markaziy Osiyodagi ko‘p tomonlama hamkorlik formatlarida ishtirok etishini qo‘llab-quvvatladilar.