Prezident Vashingtondagi o‘zbek atlasi va adrasi ko‘rgazmasi bilan tanishdi

Ushbu galereya Sharq san’ati muxlisi bo‘lgan Artur Sakler tomonidan tashkil etilgan. Bu yerda Sharq mamlakatlari, jumladan, Markaziy Osiyo xalqlari san’ati namunalari namoyish etib kelinadi.
Sputnik

TOShKENT, 17-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrifi arafasida Vashingtondagi Artur Sakler galareyasida o‘zbek atlasi va adrasi ko‘rgazmasi ochilgan edi, deb xabar beradi prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev mazkur ko‘rgazma bilan tanishdi.

Ushbu galereya Sharq san’ati muxlisi bo‘lgan Artur Sakler tomonidan tashkil etilgan. Bu yerda Sharq mamlakatlari, jumladan, Markaziy Osiyo xalqlari san’ati namunalari namoyish etib kelinadi.

Kolleksiya odejdi iz atlasa i adrasa v Vashingtonskoy galeree Artura Saklera

Shu kunlarda davom etayotgan ko‘rgazmada Garvard universiteti olimi Guido Goldman tomonidan to‘plangan qadimiy atlas va adras kiyimlar, amerikalik dizayner Oskar de la Renta tikkan shunday liboslar namoyish etilmoqda.

"Shavkat Mirziyoyev muzeyning Markaziy Osiyo bo‘limidagi miniatura va qo‘lozmalarni ko‘zdan kechirdi, o‘zbek amaliy san’ati buyumlari tarixi bilan qiziqdi", — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Tramp taklifiga binoan ushbu mamlakatda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi.