Toshkentga Nokia va Digital Europe kompaniyalari rahbariyati keldi

Uchrashuvda telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari yo‘nalishida istiqbolda turgan hamkorlik masalalari yaqindan muhokama qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 16-may – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev Nokia kompaniyasining bosh ijrochi vitse-prezidenti, kompaniyaning Yevropadagi rahbari hamda Digital Europe kompaniyasi prezidenti Markus Borxert bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuvda telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari yo‘nalishida istiqbolda turgan hamkorlik masalalari yaqindan muhokama qilindi. Jumladan, kadrlar malakasini oshirish, yangi telekommunikatsiya texnologiyalari va xizmatlarini joriy qilish bo‘yicha loyihalarga e’tibor qaratildi.

Nokia kompaniyasi 150-yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bugungi kunda u mobil, simli va keng polosali telekommunikatsiya tarmoqlari uchun uskunalar, IT-yechimlar ishlab chiqarishda xalqaro miqyosda tan olingan ekspert hisoblanadi.