Prezident samolyoti Vashingtondagi "Endrus" aeroportiga qo‘ndi. Shavkat Mirziyoyevni AQSh Davlat departamenti rahbariyati va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Amerikalik bolalar Shavkat Mirziyoyevga o‘zbek tilida salom berishdi.
Shavkat Mirziyoyev 16-may kuni Oq uyda AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashadi. Muzokaralar avval tor doirada, keyin keng doirada bo‘lib o‘tadi. Keng doiradagi muzokaralarda O‘zbekiston va AQSh rasmiy delegatsiyasi vakillari ishtirok etadi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.