2019 yil uchun "Grin karta" natijalari e’lon qilindi

Talabgorlar 16-may kunidan boshlab Green Card lotereyasi natijalari bilan onlayn tartibda tanishib chiqishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 16-may — Sputnik. AQSh hukumati 2019-yil uchun "Turli millat vakillari uchun immigratsiya vizasi" — Green Card lotereya natijalarini e’lon qildi.

O‘zbekiston - Amerika munosabatlari

16 may kunidan e’tiboran, talabgorlar o‘zlarining arizalari ro‘yxatga olinganini tasdiqlovchi qog‘ozlaridan foydalanib, natijalarni  AQSh hukumati saytiga kirib, ro‘yxatdan o‘tganlik haqidagi raqam (kod), familiya va tug‘ilgan yili haqidagi ma’lumotlarni kiritish orqali onlayn tartibda tekshirib chiqishlari mumkin.

Talabgorlar buning uchun 2019 raqamlari bilan boshlanuvchi tasdiqlovchi raqamlar, familiya, tug‘ilgan yil hamda suratda ko‘rsatilgan nazorat raqamlari tegishli darchalarga kiritib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, DV-2019 uchun elektron ariza topshirish davri 2017-yil 18-oktabrda boshlanib, 2017-yil 22-noyabrda tugagan edi.