O‘zbekiston termasi - jahon chempioni

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi penaltilar seriyasida Pokiston ustidan g‘alaba qozonib jahon chempioniga aylandi.
Sputnik

TOShKENT, 16-may — Sputnik. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi penaltilar seriyasida Pokiston ustidan g‘alaba qozonib jahon chempioniga aylandi.

Asosiy o‘yin vaqtida hisob 1:1 bilan yakunlandi. Undan keyin belgilangan penaltilar bo‘yicha 5:6 hisobida O‘zbekiston g‘alaba qozondi. So‘nggi hal qiluvchi golni O‘zbekiston jamoasi darvozaboni Sergey Islamov urdi.

Yashil maydondagi matonat: O‘zbekiston termasi JCh yarim finalida

O‘zbekiston terma jamoasi qur’aga ko‘ra Rossiya va Pokiston terma jamoalari bilan birga "A" guruhidan joy olgandi. O‘zbekistonliklar Pokiston bilan 0:0 hisobida durang o‘ynashdi, Rossiyani esa 2:0 hisobida mag‘lub etib guruhdan chiqishga muvaffaq bo‘lishdi.

Dramatik tarzda kechgan chorak final bahsida o‘zbekistonlik futbolchilar Nepal termasini 2:1 hisobida yengishdi.

Yarim finalda Burundi ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Sputnik muxbiri bilan suhbatda O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Jamshid Asadov ushbu musobaqada ilk bor ishtirok etishayotganini va tarixda qolish, O‘zbekiston xalqini xursand qilish niyatida ekanliklarini aytgandi.

Ular buni uddalashdi! O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor ishtirok etgan musobaqada jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.

Jahon chempionlari bilan tanishing: Sergey Islamov, Danil Shaplov, Jahongir Ochilov, Toir Ergashboyev, Ruslan Kotov, Ruslan Karaxanyan, Aziz Esenbayev, Edgar Shamshilov, Salim Son.

Bosh murabbiy — Jamshid Asadov.

Aziz Esenbayev o‘g‘il bolalar o‘rtasida musobaqaning eng yaxshi himoyachisi deb topildi.

Biz o‘zbekistonlik futbolchi bolalarni, o‘zbek futboli muxlislarini bu tarixiy g‘alaba bilan tabriklaymiz.