Toshkentdagi Bo‘zsuv kanalidan ayol kishining jasadi topildi

Ayolning yoshi taxminan 25-30 da, bo‘yi 167-169 santimetr bo‘lib, alohida belgilari yo‘q.
Sputnik

TOShKENT, 15-may — Sputnik. Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi "O‘zbekgidroenergo-1" AJ hududidan oqib o‘tuvchi yuqori Bo‘zsuv kanali bo‘yida ayol kishining jasadi topildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

V kanale v Yunusabadskom rayone Tashkenta obnarujili trup molodoy devushki
V kanale v Yunusabadskom rayone Tashkenta obnarujili trup molodoy devushki

"Ayolning yoshi taxminan 25-30 da, bo‘yi 167-169 santimetr bo‘lib, alohida belgilari yo‘q. Tananing bo‘ynida qora teri tasmali uchburchak shakldagi kulrang temir taqinchoq, shuningdek, qizil bantikli, rezina matoli to‘g‘nog‘ich, qo‘lida binafsha rangli manikur aniqlangan", — deyilgan Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabarida.