Rossiya hududida eng uzun bo‘lgan Qrim ko‘prigi qurilishi 2014-yilda boshlangan edi. Reja bo‘yicha ko‘prik qurilishi 2018-yilning dekabrida yakunlanishi kerak edi. Ko‘prik qurilishi ikki qirg‘oq tomonidan bir vaqtda boshlangan va muddatidan 6 oy oldin yakunlandi. ko‘prik qurilishida bir vaqtning o‘zida 15 minggacha odam ishlagan.
Qrim ko‘prigidan birinchi bo‘lib uning qurilishida bevosita ishtirok etgan quruvchilar va qurilish texnikasi tantanali ravishda o‘tdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin yangi ko‘prikdan Kamaz yuk avtomobillaridan birini haydab o‘tdi.
Ushbu ulkan inshoot qurilishi haqidagi videolavhamizni quyida tomosha qilishingiz mumkin.
Kak stroili Krimskiy most. Uskorennaya videoversiya
© Infotsentr "Krimskiy most"