TOShKENT, 15-may — Sputnik. Falastin milliy ma’muriyati AQShning elchixonani Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirishiga javoban Vashingtondan elchisini chaqirib oldi, deb xabar qildi RIA Novosti.
15 May 2018, 19:36
Ma’lum bo‘lishicha bu haqda nashr Palastin TIVdan olingan hujjat asosida xabar bergan.
"Palastin milliy ma’muriyati rahbarining (Mahmud Abbosning, tahr.) bevosita ko‘rsatmalariga binoan tashqi ishlar vazirligi shuni e’lon qiladiki, Vashingtondagi Falastin elchisi va Falastinni ozod etish tashkiloti missiyasi rahbari Xusam Zomlot chaqirib olindi. Ushbu qaror AQSh elchixonasi Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirilganidan so‘ng qabul qilingan", — deyiladi bayonotda.
FMM TIV elchi chorshanba kuni vatanga qaytishi haqida ma’lumot bergan.