"O‘zbekiston havo yo‘llari" "kichik haj" mavsumida Jiddaga 14ta qatnovni amalga oshiradi

"Kichik haj"ni amalga oshirishni istagan 1546 nafar o‘zbekistonliklar Milliy aviakompaniyaning Boeing-767 samolyotlaridan belgilangan manzilga yetib olishda foydalanadilar.
Sputnik

TOShKENT, 15-may — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi 31-maydan 17-iyunga qadar Toshkent-Jidda-Toshkent yo‘nalishida jami 14ta qatnovni amalga oshiradi. Bu haqda MAK matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda bildirilishicha, "kichik haj"ni amalga oshirishni istagan 1546 nafar o‘zbekistonliklar Milliy aviakompaniyaning Boeing-767 samolyotlaridan belgilangan manzilga yetib olishda foydalanadilar.

Ushbu dasturni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun aviakompaniya mutaxassislari ziyoratchilarga qulay shart-sharoit yaratish va yuqori darajadagi servis xizmatlarini ko‘rsatish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishlari aytilmoqda.