Xitoy Tramp qarori tufayli yangi mojarolardan uzoqroq bo‘lishga chaqirdi

XXR Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili "Quddus bilan bog‘liq vaziyat nihoyatda murakkabligini, u Falastin va Isroil o‘rtasidagi asosiy kelishmovchiliklardan biri ekanligini, ushbu masala diniy va milliy hislargada tegib o‘tishini" aytdi
Sputnik

TOShKENT, 15-may — Sputnik. Xitoy 14-may kuni G‘azo sektorida avj olgan va ko‘plab qurbonlarga olib kelgan norozilik aksiyasida ishtirok etayotgan tomonlarni bosiqlikka chaqiradi; Pekin ushbu voqeaning fojeviy oqibatlaridan qattiq tashvishda, deb bayonot qildi seshanba kuni XXR TIV rasmiy vakili Lu Kan.

Qarsaklar va o‘q tovushlari. AQSh o‘z elchixonasini Quddusga ko‘chirishi nimasi bilan xavfli
G‘azo sektorida norozilik namoyishlari dushanba kuni bo‘lib o‘tdi. Bunga Isroil davlatining barpo etilganiga 70-yil to‘lishi va ushbu sana munosabati bilan AQSh elchixonasining Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirilishi sabab bo‘ldi.

Isroillik askarlar va falastinliklar o‘rtasida ro‘y bergan qonli to‘qnashuvlar oqibatida, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra 59 nafar falastinlik halok bo‘ldi, 2,7 ming nafardan ziyodi jarohatlandi. Falastinlik yetakchi Mahmud Abbos uch kunlik motam e’lon qildi. G‘azo sektoridagi holatni seshanba kuni BMT Xavfsizlik Kengashi muhokama qiladi.

"Isroil va G‘azo sektori chegara oldi hududida avj olgan mojaro ko‘psonli qurbonlarga olib kelganligi munosabati bilan biz jiddiy tashvish bildiramiz. Biz fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarini qoralaymiz va barcha tomonlarni, ayniqsa Isroilni bosiqlikni saqlab turishni va ziddiyatning o‘tkir tus olishidan o‘zini saqlashga chaqiramiz", — deb bayonot qilgan diplomat.

XXR Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili "Quddus bilan bog‘liq vaziyat nihoyatda murakkabligini, u Falastin va Isroil o‘rtasidagi asosiy kelishmovchiliklardan biri ekanligini, ushbu masala diniy va milliy hislargada tegib o‘tishini" aytdi.

"Biz hamisha Isroil va Falastin o‘rtasida BMT XK rezolyutsiyalariga monand ravishda muzokaralar yangilanishi lozim, deb hisoblab kelganmiz", — dedi Lu Kan.