Putin va Trampning limuzinlari solishtirildi

Amerika jurnalistlari AQSh va Rossiya prezidentlarining limuzinlari taqqoslab chiqildi.
Sputnik

TOShKENT, 14-may — Sputnik. AQShning Newsweek nashri Rossiya prezidenti Vladimir Putinning "Kortej" loyihasidagi avtomobili va AQSh prezidenti Donald Trampning Cadillac avtomobili solishtirib chiqdi.

"Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasida AQShning an’anaviy tashqi siyosatiga zid bo‘lgan va "dunyoni ajablantirayotgan ajoyib munosabatlar" yuzaga kelgan. Biroq ularning ikkisini yuqori sinfdagi limuzinlarga muhabbat birlashtiradi", — deb yozadi Tom O'Konnor.

Nashr Putinning mashinasini tahlil qilib, u Rolls Royce Phantom va Rolls Royce Ghost limuzinlariga o‘xshashligini ta’kidlaydi.

Avtomobil Aurus korteja prezidenta RF

Nashrning ma’lum qilishicha, "Kortej"da 12 silindrli dvigatel o‘rnatilgan bo‘lib, u Trampning limuzinidagi 8 silindrli dvigateldan ancha kuchli. Bundan tashqari, Trampning "Yirtqich" deb nom olgan limuzini Kortejdan 1,5 tonna og‘irroq.

Avtomobil prezidenta SShA Donalda Trampa

"Yangi avtomobil ko‘plab ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘zidan avvalgi mashinadan ustunroq bo‘ladi. Rossiya bu borada uzoq vaqt oldinda bo‘lishi dargumon", deb aytilgan nashrda.