TOShKENT, 14-may — Sputnik. Hindistondagi islom madaniyati markazida "O‘zbekistonda ziyorat sayyohlik" dasturi taqdimoti o‘tkazildi, deb xabar qildi "Jahon" axborot agentligi.
"Degidagi islom madaniyati markazida O‘zbekiston elchixonasi "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda biznes, diniy va sayyohlik tashkilotlar vakillari hamda "O‘zbekiston-Hindiston" do‘stlik jamiati a’zolari qatnashdi", — deyilgan xabarda.
Tadbir ishtirokchilari o‘zbek madaniy boyliklari va islom obidalari bilan tanishtirildi. Mehmonlar O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida ko‘p asrlik aloqalarni alohida qayd etishdi va sayyohlik almashinuvini yanada kengaytirishga umid bildirishdi.