AQSh Bobomurod Abdullayev ishida yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarliklarga chora ko‘rishga undadi

Barcha birga sudlanuvchilarning ham oqlanishiga oid bu qaror demokratik jamiyatda so‘z erkinligi nechog‘li muhim ahamiyat kasb etishini yana bir karra tasdiqlaydi, deb yozadi AQSh elchixonasi.
Sputnik

TOShKENT, 14-may — Sputnik. AQSh elchixonasining rasmiy saytida Bobomurod Abdullayevning ozod qilinishiga oid bayonot e’lon qilindi.

Bobomurod Abdullayev sud zalida ozod qilindi
"Amerika Qo‘shma Shtatlari yetti oylik sud jarayonidan so‘ng, 7-may kuni jurnalist Bobomurod Abdullayevni ozod etilganini olqishlaydi. Biz sud mulozimlarini ochiq va shaffof o‘tkazilgan, O‘zbekison sud tartib-qoidalariga asoslangan sud jarayoni bilan qutlaymiz. Sud qarorida tergovchilar tomonidan "ko‘plab protsessual qonunbuzarliklar" sodir etilgani ham qayd etilgan. Kelgusida bunday ishlar takrorlanmasligi uchun Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston hukumatini bu qonunbuzarliklarni ko‘rib chiqib, tegishli choralar ko‘rishga undaydi", — deyiladi xabarda.

Barcha birga sudlanuvchilarning ham oqlanishiga oid bu qaror demokratik jamiyatda so‘z erkinligi nechog‘li muhim ahamiyat kasb etishini yana bir karra tasdiqlaydi, deb yozadi Elchixona.