Rossiya "yakkalanib" qoladi, deya ogohlantirdi Britaniya kontrrazvedka rahbari

Parker, deb yozadi Bloomberg, Rossiya hukumatini xalqaro huquqni "o‘ta qo‘pol tarzda buzganlikda" ayblaydi. Bundan tashqari, Britaniya kontrrazvedkasi rahbari "Skripal ishi" bilan bog‘liq" "Rossiya dezinformatsiyasi" darajasini "misli ko‘rilmagan", deya baholamoqchi
Sputnik

TOShKENT, 14-may — Sputnik. Buyuk Britaniya MI5 kontrrazvedka xizmati rahbari Endryu Parker dushanba kuni Berlinda yevropalik hamkasblari bilan uchrashuvda so‘zlagan nutqida Rossiyaga uni yakkalab qo‘yish bilan tahdid qilish rejasi borligini ma’lum qildi, bu haqda Bloomberg nashriga tayangan holda RIA Novosti xabar bermoqda.

Amerikalik general Rossiya faqat kuchni tushunadi, deb aytdi

Nashrga ko‘ra, Parker o‘z nutqi davomida Razvedka Bosh boshqarmasi sobiq xodimi Sergey Skripalning zaharlanishini Kreml tomonidan sodir etilgan "qasddan qilingan va aniq bir maqsadni ko‘zlagan akt", deya atagan. Ushbu hatti-harakatlar, Rossiya dunyo hamjamiyatida "yanada yakkalanib qolishiga" olib keladi, deyiladi nutq matnida.

Parker, deb yozadi Bloomberg, Rossiya hukumatini xalqaro huquqni "o‘ta qo‘pol tarzda buzganlikda" ayblaydi. Bundan tashqari, Britaniya kontrrazvedkasi rahbari "Skripal ishi" bilan bog‘liq" "Rossiya dezinformatsiyasi" darajasini "misli ko‘rilmagan", deya baholamoqchi.

Britaniyaning Solsberi shaharchasida 14-mart kuni britaniyalik shpion Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlangan edi. Britaniya tomoni Skripallarning zaharlanishida Rossiyaning qo‘li borligini ta’kidlamoqda, Rossiya esa buni qat’iy inkor qilib kelyapti.

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, OZXO tomonidan hodisa joyidan olingan namunalarni tahlil qilgan Shveysariya tadqiqot markazi, Skripallarni zaharlashda BZ moddasidan foydalanilgan, degan xulosaga keldi. Bu modda AQSh va Britaniya qurol-aslahalari hisobida turgan, na Rossiya va na SSSRda ishlab chiqarilmagan.