Isroillik yosh xonanda Eurovision g‘olibi bo‘ldi

“Yevrovidenie-2018” ijrochilar tanlovida isroillik yosh xonanda Nette Barzilay eng ko‘p ovoz jamlab g‘alabaga erishdi.
Sputnik

TOShKENT, 13-maya — Sputnik. Portugaliyaning Lissabon shahrida bo‘lib o‘tgan 63  “Yevrovidenie”tanlovida “Toy” qo‘shig‘ini ijro etgan Isroillik yosh xonanda Nette Barzilay g‘olib bo‘ldi

Isroillik xonanda 529 ball jamlab birinchi qatordan o‘rin oldi. Ikkinchi qatorni 436 ball bilan Kipr vakili Eleni Foreyre, uchinchi qatorni esa 342 ball bilan Avstriya vakili Sezar Sempton egalladi.

“EuroVision2018” tanlovida 26 mamlakat vakillari ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, EuroVision qo‘shiq tanlovi 1956-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Bugungi kunda u  dunyoda eng ommaviy qo‘shiq tanlovi hisoblanadi. Uni har yili 600 million kishi tomosha qiladi.

EuroVision tanlovida Yevropa Efirga uzatish tashkiloti (EBU)ga a’zo bo‘lgan 56 mamlakat vakillari ishtirok etishi mumkin. MDH davlatlarida Yevrovidenie tanlovlarida Rossiya, Ukraina, Belarus va Ozarbayjon vakillari ishtirok etgan.   

Yevrovideniyeda barcha qo‘shiqlar jonli ijroda, instrumental shaklda ijro etilishi kerak. Bek-vokal ishlatishga ruxsat berilmaydi. Sahnada bir vaqtning o‘zida 6 kishi bo‘lishi mumkin. Barcha ijrolar to‘g‘ridan-to‘g‘rri efirga uzatiladi.